Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiya Yevropada birinchi bo‘lib barcha karantin cheklovlarini bekor qilmoqda
Mamlakat aholisining 87 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan.
Islandiya hukumati koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan barcha karantin choralarini bekor qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Svandis Svavarsdottirning so‘zlariga ko‘ra, Islandiya karantin choralari bekor qilingan Yevropadagi birinchi davlat bo‘ladi.
Uning ma'lum qilishicha, cheklovlar 26 iyundan bekor qilinadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 87 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan.
Pandemiya boshlanganidan buyon Islandiyada 6637 kishi kasallikka chalingan, 30 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026