Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda anomal issiq havo sabab poyezdlar harakat jadvali o‘zgarishi mumkin
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, ayni vaqtda respublikada havo haroratining ko‘tarilishi tufayli poyezdlar qatnovi jadvali o‘zgarishi mumkin.
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazidan olingan xabarga ko‘ra, 2021 yil 28 iyundan boshlab mamlakat hududiga Volgabo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keldi. Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari 22-25 daraja issiq, kunduz kunlari 38-41 daraja issiq bo‘ladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 43 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
“Bunday issiq havo paytida po‘lat izlardagi harorat yanada yuqori bo‘ladi. Shu bois, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 2021 yil 7 iyul sanasiga qadar cho‘l hududlarida poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, hali jadvalda o‘zgarish bo‘lmagan.
“Yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida, havo harorati ko‘tarilishi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun barcha xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi axborotda.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026