Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada Kim Chen Inning ozib ketganidan xavotirlanishmoqda
Shimoliy Koreya fuqarolari mamlakat yetakchisi Kim Chen In oriqlab ketganidan xavotirlanishmoqda.

Associated Press axborot agentligining ta'kidlashicha, Kim Chen Inning oxirgi suratlarida u ancha vazn tashlaganini ko‘rish mumkin. Shimoliy Koreya yetakchisining bo‘yi 170 smni tashkil qiladi va avvalroq u 140 kggacha vaznga ega bo‘lgan. Biroq yangi suratlarda uni ancha oriq holda ko‘rish mumkin.
Shimoliy Koreya matbuoti ozib ketgan Kim Chen Inga bag‘ishlangan maqola va televideniyeda ko‘rsatuvlar tayyorlagan.
«Bosh kotibimizning bemador ko‘rinishi yuragimizni larzaga solmoqda. Barcha bundan ko‘ziga yosh kelganini aytmoqda», deyilgan ko‘rsatuvlardan birida.
Bu orada tahlilchilarning fikricha, bunday ko‘rsatuvlar Shimoliy Koreya hukumati Kim Chen Inning oriqlab ketganini mamlakat uchun hozirgi og‘ir davrda uning nufuzini oshirishda qo‘llashga urinayotganidan darak beradi.
«Pxenyan Kim Chen In o‘z fuqarolari uchun kam ovqatlanib, oriqlab ketadigan darajada astoydil mehnat qilayotganini ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqda. Shuningdek, tuzum dunyo shimoliy koreyaliklar ham o‘z yetakchisi haqida qayg‘urishi va uning oriqlab ketganidan dili vayrondek o‘ylashini istamoqchi», deb ta'kidlashmoqda tahlilchilar.
Seullik boshqa tahlilchilar Kim Chen In shunchaki sog‘lig‘ini joyiga keltirish maqsadida vazn tashlash uchun parhezga amal qilayotgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026