Namanganda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etdi
Namangan viloyati Pop tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 26 iyun kuni soat 08:30larda Pungon-G‘urumsaroy-Pop yo‘lining Pop tumani «Uyg‘ur» MFY hududidan o‘tgan 24-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Pop tumanida yashovchi, 1946 yilda tug‘ilgan fuqaro «Neksiya» mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmagan. U yo‘lni kesib o‘tayotgan Pop tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 26 iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
19:01 / 03.09.2024