Sport | 02:47 / 30.06.2021
48830
2 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2020. Chorakfinal juftliklari va sanalari ma'lum

Yevropa chempionatida 1/8 finalning so‘nggi ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi. Angliya Germaniyani Sterling va Keynning gollari evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, Ukraina Shvetsiyaga qarshi o‘yinning 120+1-daqiqasida g‘alaba to‘pini kiritdi va o‘z tarixida ilk bor qit'a chempionati chorakfinaliga chiqdi. 

Yevro-2020. 1/8 final. 29 iyun
Angliya — Germaniya 2:0

Gollar: Sterling (75), Keyn (86).
Angliya – Pikford, Shou, Stounz, Uoker, Tripper, Saka (Grilish, 69), Fillips, Sterling, Rays (Henderson, 88), Maguayr, Keyn. 
Germaniya – Noyyer, Ginter (Jan, 88), Hummels, Ryudiger, Gozens (Sane, 88), Kimmix, Kroos, Haverts, Goretska, Myuller, Verner (Gnabri, 68).
Ogohlantirishlar: Rays (8), Ginter (25), Fillips (45), Gozens (72), Maguayr (77).

Shvetsiya — Ukraina 1:2
Gollar: Forsberg (43) — Zinchenko (27), Dovbik (120+1).
Shvetsiya – Olsen, Lindelyof, Danielsson, Augustinsson (Bengsson, 83), Lyustig (Kraft, 83), Forsberg, Larsson, Ekdal, Olsson (Elander, 101), Kulusevski (Kvayson, 97), Isak (Berg, 97).
Ukraina – Bushchan, Zabarniy, Krivsov, Karavayev, Matviyenko, Stepanenko (Makarenko, 94), Shaparenko (Malinovskiy, 61), Zinchenko, Sidorchuk, Yarmolenko (Dovbik, 106), Yaremchuk (Besedin 91, Tsigankov 101).
Ogohlantirishlar: Kulusevski (69), Yarmolenko (79), Forsberg (85).
Chetlatish: Danielsson (98).

1/4 finalda quyidagi jamoalar o‘zaro bahs yuritishadi:

2 iyul
21:00. Shveytsariya — Ispaniya (Sankt-Peterburg)
00:00. Belgiya — Italiya (Myunxen) 

3 iyul
21:00. Chexiya — Daniya (Boku) 
00:00. Ukraina — Angliya (Rim)

Mavzuga oid