Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA koronavirusga qarshi “eng yaxshi emlangan davlat” ekani ma'lum qilindi
Vaksinalarni kuzatish tizimi ma'lumotlariga ko‘ra, BAA koronavirusga qarshi “eng yaxshi emlangan davlat” deb tan olindi.
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Fors ko‘rfazi bo‘yida joylashgan davlatga ayni vaqtda 15,5 mln doza vaksina yetkazilgan. Bu miqdor esa mamlakat aholisining 72,1 foizini emlash bilan qamrab olishga yetadi.
Shunga qaramay, o‘tgan hafta AQSh hukumati BAAda koronavirus tarqalishi “juda yuqori darajada” ekaniga ishora qilib, o‘z fuqarolarini ushbu arab davlatiga borishdan tiyilishga chaqirgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni ham BAAga safarlarni vaqtincha taqiqlab qo‘ydi.
Avvalroq koronavirusga qarshi “eng yaxshi emlangan davlat” deb Seyshel orollari tan olingandi. U yerda yuz mingdan kamroqni tashkil qiladigan jami aholining 71,1 foizi emlab bo‘lingan.
Mavzuga oid
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
14:31 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev: BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim
20:00 / 17.05.2026