Jahon | 10:55 / 04.07.2021
7032
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda AN-2 samolyoti falokatga uchradi

Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahri yaqinida kichik o‘lchamli An-2 samolyoti falokatga uchradi.

Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea samolyot soat 7lar atrofida Qizilo‘rdaning Qaraulto‘be qishlog‘idan 12 km uzoqlikda guruch ekilgan maydonga ishlov berayotganda yuz bergan. Samolyot bir necha kilometrlik parvozdan keyin texnik nosozlik sababli majburiy qo‘nishga urinish vaqtida yerga qulagan. 

Samolyotda 1954 va 1967 yillarda tug‘ilgan ikki uchuvchi bo‘lgan. Ularga jiddiy jarohat yetmagan.

Samolyot “Ilisa” korxonasiga tegishli bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Qozog‘istonda turli maqsadlarda 290ta An-2 samolyotidan foydalaniladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid