Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 165 mln so‘mlik telefon va planshetlar o‘g‘rilari ushlandi
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi MChJlardan birining omborida saqlanayotgan telefon va planshetlar niqoblangan ikki shaxs tomonidan o‘g‘rilab ketilgan.
Toshkent shahar IIBB multimedia markazi xabariga ko‘ra, Sardor ismli shaxs o‘zining Shoh ismli sherigi bilan omborxonaga joriy yil 17 iyun kuni tungi soat 3:40 da kirib kelishgan. Buning uchun ular baland narvondan foydalanib, omborxona oynasini sindirish usulini qo‘llaganlar.
Niqob taqib olgan gumondorlar ikki sumkaga to‘ldirib, jami qiymati 165 mln so‘m bo‘lgan telefon va planshetlarni olib voqea joyidan yashirinishgan. Muqaddam sudlangan Sardor bir nechta telefonni sotganidan keyin ijaraga olgan xonadonida qo‘lga olingan.
“Men o‘g‘rilikka tushayotganimdayoq qo‘lga tushishimni sezgan edim. Chunki har qadamda kameralar bor edi. Lekin bilib tursam ham bu yo‘ldan qaytmadim, chunki juda pulga muhtoj edim”, – deya o‘z harakatlarini izohlaydi u lavhada.
Gumondorlarga O‘zR JK 169 moddasi 4-qismi A bandi bilan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
13:44
Germaniya tarixidagi yirik o‘g‘rilik: politsiyada hali ham “jiddiy iz” yo‘q
12:41
Yashnobod tumanida YTH oqibatida Cobalt avtomobili yonib ketdi
08:21 / 13.12.2025
«Aviasozlar» bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
09:00 / 01.12.2025