Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholidan pilla sotib olish narxi oshiriladi
O‘zbekistonda aholidan pilla sotib olish narxi oshiriladi, hududlarda tup ko‘chatlari ekilishi ko‘paytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev sohadagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
«Kuni kecha men ipakchilik, jun sanoati va kovrak yetishtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladim. Umuman, men hokimlarni yana bir bor ogohlantirmoqchiman. Bu sohalar bilan bugundan shaxsan o‘zlari shug‘ullanishga mas'ul bo‘lishadi.
Qarorga ko‘ra, pilla boquvchilarga uni sotishdan tushgan puldan tashqari, har bir kg pilla uchun davlat tomonidan qo‘shimcha 5 ming so‘mdan subsidiya beriladi.
Shuningdek, sohadagi tadbirkorlarning tashabbusi bilan pillani aholidan sotib olish narxi 10 foizga oshirildi (2016 yilda 8 ming so‘m, o‘tgan yilda 20 ming so‘m bo‘lgan).
Oddiy qilib aytganda, qishloqda ikki quti pilla boqqan oila 1 kg pilla uchun 30 ming so‘m, bir oyda – 3,4 mln so‘m daromad topadi (bir oyda – 2016 yilda 900 ming so‘m, o‘tgan yilda 2,2 mln so‘m).
Shuning uchun, yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha 20 mln tup, keyingi yilda 116 mln tup tut ko‘chatlari ekishni tashkil etishi lozim.
Bu qarordan eng asosiy maqsad – qishloqda bandlikni ta'minlash orqali, aholi daromadini oshirishdan iborat. Keyingi yilda 700 ming nafar, 2025 yilda 1 mln aholi bandligini ta'minlash zarur. Hozirgi kunda 500 mingga yaqin aholi pilla yetishtirish bilan shug‘ullanadi», degan davlat rahbari.
Shuningdek, dastlab Qo‘shrabot, Qumqo‘rg‘on, Boysun, G‘uzor va Dehqonobod tumanlarida, keyin boshqa tumanlarda ham jun olinadigan qo‘y-echkilar sonini keskin ko‘paytirib, aholini jundan gilam, ro‘mol va boshqa mahsulotlar to‘qib daromad topishga o‘rgatish kerakligi ta'kidlab o‘tilgan.
Ma'lum qilinishicha, qo‘mitaning balansida bo‘lgan yerlarda kavrak yetishtirishni ilmiy asosda tashkil etish, uni ko‘paytirish, hosildorligini oshirish, qayta ishlab eksport salohiyatini oshirish ham qo‘mita zimmasiga yuklanadi.
«Vaholanki, kovrak yetishtirish va uni sotish tizimi ayni paytda pala-partish, yopiq va xufiyona biznesga aylangani ham bor gap. Viloyat va tuman hokimlari aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirishda bu sohaga asosiy drayver sohalardan biri sifatida qarashlari zarur», degan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:54 / 17.02.2026
Kam daromadli oilalar pillachilikka jalb etiladi va qo‘llab-quvvatlanadi
13:48 / 12.02.2024
Pilla narxi erkinlashtiriladi
16:40 / 01.11.2023
Ipakchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
15:58 / 12.06.2023