Yiğilişda mahalliy uruğdan foydalaniş darajasini 2030 yilgaça 75 foizga yetkaziş imkoni borligi, buning uçun naslli uruğçilik stansiyalari faoliyatini tiklaş zarurligi qayd etildi.

Taqdimotda Farğona va Xorazm viloyatlaridagi naslli uruğçilik stansiyalarida elita uruğlar tayyorlaşni yölga qöyiş, mavjud 10 ta ipak qurti uruğçilik korxonasiga qöşimça joriy yilda Buxoro va Namanganda 2 ta yangi uruğçilik korxonasini, 2027-2029 yillarda Toşkent, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 4 ta yangi korxona taşkil etiş rejalari haqida axborot berildi.

Naslçilik va uruğçilik korxonalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida ularga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qiliş, mavsumiy işçilar mehnatiga haq tölaş xarajatining yarmini qoplab beriş hamda ularning faoliyatini daromad va ijtimoiy soliq obekti sifatida hisoblamaslik taklif etildi. Pilla sifatini oşiriş uçun ozuqa bazasini yaxşilaş zarurligi körsatib ötildi.

Ozuqa bazasini 2026-2030 yillarda bosqiçma-bosqiç kengaytiriş rejalaştirilgan. Jumladan, 8 ming gektarda yangi tutzorlar barpo qiliş, 41,5 ming gektar maydonda yakka qator tut köçatlarini ekiş, 15 ming gektardagi tutzorlarni rekonstruksiya qiliş nazarda tutilgan. Buning natijasida 2030 yilga qadar 200 millionta tut köçatlari ekilişi va ozuqa bazasi 30 foizga oşişi kutilmoqda. 2026 yilda 30 ming tonna, 2030 yilga borib, 36 ming tonna pilla yetiştirişga çiqiş reja qilinmoqda.

Sohadagi işlar yangi tizim asosida taşkil etiladi. “Özbekipaksanoat” uyuşmasi, viloyat va tuman “Agropilla” tuzilmalari, ipakçilik klasterlari özaro muvofiqlaşgan tarzda iş yuritib, yangi tutzorlarni taşkil etişdan tortib, yetiştirilgan pillani sotib olişgaça bölgan barça bosqiçlarda fermerlar, kasanaçilar va qurt boquvçilar işini taşkil etadi hamda ularga kömaklaşadi.

Kam daromadli, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni pillaçilikka jalb etiş va ularni qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, joriy yildan boşlab “mahalla yettiligi” orqali aholiga 1 kilogramm pilla qiymatining 35 foizi miqdorida subsidiya, parvarişlaş jihozlari va uskunalar xaridiga 20 million sömgaça ssuda ajratiş yölga qöyiladi.

Pillaçilikda sanoat usulini kengaytiriş muhim vazifa sifatida belgilandi. Hozir pillaning asosiy qismi xonadon şaroitida yetiştirilayotgani qayd etilar ekan, maxsus qurtxonalar taşkil etiş orqali hajm va sifat barqarorligini ta’minlaş mumkinligi ta’kidlandi. Klasterlar tomonidan qurtxonalarni quriş va işga tuşirişni rağbatlantiriş, şu jumladan, qurtxonalarni yer va mol-mulk soliğidan 2029 yil 1 yanvarga qadar ozod etiş taklif qilindi.