Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ever Given kemasi "jarima maydonchasi"ni tark etdi
Avvalroq Suvaysh kanali ma'muriyati va kema egasi – Yaponiyaning Shoei Kisen Kaisha Ltd kompaniyasi kelishuvga erishgandi.
Ever Given konteyner tashuvchi kemasi Katta achchiq ko‘ldan Misrning Port-Said shahri tomon yo‘l oldi, deb ma'lumot berdi www.marinetraffic.com sayti.
Avvalroq Suvaysh kanali ma'muriyati va kema egasi – Yaponiyaning Shoei Kisen Kaisha Ltd kompaniyasi kelishuvga erishgandi.
Tomonlar kanaldagi harakat to‘xtab qolgani uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori borasida kelishib olgan. Kanal ma'muriyati dastlab 916,5 mln dollar talab qilgan, ammo keyinroq bu miqdor 550 mln dollarga tushirilgan.
Chorshanba kuni kechqurun kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng kema Rotterdam porti (Niderlandiya) tomon yo‘l oladi.
Xitoydan Niderlandiyaning Rotterdam shahriga suzgan 400 metrlik Ever Given konteyner tashuvchi kemasi 23 mart kuni Suvayshda sayozlikka o‘tirib qolgandi. Uni 6 kun o‘tibgina joyidan siljitishga va kanalni ochishga muvaffaq bo‘lingan. Bu vaqt ichida kanalga ikki tomondan kirish joyida yuzlab kemalardan iborat tirbandlik yuzaga kelgan. Kanaldagi harakatni 3 apreldagina to‘liq tiklashga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
21:40 / 08.01.2025
Misr Suvaysh kanalining yangi tarmog‘ini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
11:36 / 26.01.2024
BMT: Suvaysh kanali orqali savdo qilish hajmi 42 foizga kamaydi
22:49 / 13.12.2023
Isroil Ben Gurion kanali loyihasiga qaytishi mumkinmi?
13:45 / 08.04.2023