Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda noqonuniy ortib ketilayotgan 2,5 tonna rangli metal parchalari ushlandi
Samarqand viloyatida 2,5 tonna noqonuniy ortib ketilayotgan alyuminiy rangli metal parchalari to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.O. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilgan.
Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy og‘irligi 2 507 kilogramm bo‘lgan alyuminiy rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot uchun, Vazirlar Maheamasining 2018 yil 6 iyunda qabul qilingan «Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 425-sonli qaroriga asosan, jismoniy shaxslar ham metall parchalarini erkin narxlarda «O‘zmetkombinat» va «O‘zikkilamchiranglimetall» aksionerlik jamiyatlariga topshirishlari mumkin.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
21:34 / 13.06.2026