Ma'lum qilinishicha, joriy yil olti oy davomida boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan 59 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan hamda ko‘plab mahsulotlar to‘xtatib qolingan.

Jumladan:

  • 15 ta holatda 1051,90 gramm geroin, 4814,49 gramm opiy, 8057,95 gramm gashish, 570,49 gramm marixuana, 3 tup kannabis o‘simligi, 7 dona kuchli ta'sir qiluvchi tabletka;
  • 1 ta holatda 3 tonna 460 kilogramm rangli va qora metall mahsulotlari;
  • 1 ta holatda 6 million 490 ming so‘mlik paxta yog‘i ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan moyjuvoz;
  • 1 ta holatda 4 ta ov quroli yasash uchun moslamalar hamda 75 dona gilza;
  • 5 ta holatda 124 million 976 ming so‘mlik biologik aktiv qo‘shimchalar;
  • 1 ta holatda qiymati 3 million 50 ming so‘mlik 500 litr dizel yonilg‘isi;
  • 1 ta holatda 2,5 million so‘mlik pirotexnika vositalari;
  • 2 ta holatda 1 412 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolingan.
  • 1 ta «yashirin sex» bilan bog‘liq holat aniqlangan.

Qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 8 milliard so‘mdan ortiq tovar moddiy boyliklari noqonuniy aylanishi oldi olingan. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishida 21 milliard 355 million so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari aniqlangan.