Ma'lum qilinişiça, Samarqand viloyati Bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi tomonidan viloyat hududida tamaki mahsulotlari noqonuniy oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçi fuqarolarni aniqlaş maqsadida oldindan olingan ma'lumotga asosan tezkor tadbir ötkazilgan.
Tezkor tadbir davomida Samarqand şahri Çölpon köçasida fuqaro N.N. tadbir iştirokçilariga ikkita katta hajmdagi qutilarda jami 1 000 quti (paçka) tamaki mahsulotini sotmoqçi bölganida töxtatib qolingan.
Dastlabki suriştiruvda fuqaro N.N.ga tegişli bölgan tamaki mahsulotlari Özbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagan, jami qiymati 10 million 500 ming sömlik «Milano» hamda «Mond» nomli tamaki mahsulotlari ekani ma'lum bölgan.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









