Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ota farzandlari uchun 100 million so‘m aliment to‘ladi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi ota 3 nafar farzandi uchun 100 million so‘m aliment to‘lab bergan. Bu haqda viloyat MIB boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining 2016 yil 25 oktyabrdagi qaroriga asosan, qarzdor Q.Sh.dan 2 nafar farzandining, Shahrisabz tumanlararo sudining 2019 yild 2 iyuldagi sud qaroriga asosan 1 nafar, jami 3 nafar farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan. Uning xorijga chiqishiga taqiq qo‘yilgan.
Mazkur qarorning ijro hujjati MIB Shahrisabz tumani tomonidan ijro ishi yuritilgan. Qayd etilishicha, Q.Sh. shu paytgacha aliment pullarini to‘lab kelgan.
Joriy yilning 9 iyul kuni Q.Sh. aliment qarzdorligidan butunlay qutulish, mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlarini tiklash maqsadida, undiruvchi bilan kelishgan holda, 100 million so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab bergan. Shundan so‘ng, tomonlarning roziligi bilan mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tugatilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
19:37 / 04.06.2026