Italiya - Angliya finali. O‘yin qanday bo‘ladi?
Yevro-2020dagi asosiy o‘yinning taktik prevyusi.

Foto: Getty Images
Yevropa chempionatining yakunlovchi o‘yini boshlanishiga bir necha soat vaqt qoldi. Uzoq kutilgan final qanday kechadi? O‘yin taqdiri maydonning qaysi uchastkalarida hal bo‘ladi?
O‘yin qarama-qarshi kurslarda kechishi ham mumkin, ammo buning ehtimoli kam
Yevroning hal qiluvchi o‘yinining taktik sxemasi bir tomondan ochiq finalga umid uyg‘otadi: maydon markazida Nikolo Barella — Jorjino — Marko Verratti uchligi turnir davomidagi Ispaniyaga qarshi o‘yindan tashqari barcha o‘yinlarda o‘yin tempini belgilab berdi. Inglizlar o‘yin uslubi esa butun o‘yin davomida intensiv ravishda yuqori pressing bilan o‘ynashni nazarda tutmaydi (Garet Sautgeyt jamoasi faqat ilk 10-15 daqiqalikda agressiv bosim uyushtiradi), shunday ekan, katta ehtimol bilan to‘p nazorati Italiyada bo‘ladi. O‘z navbatida, qanotlarda inglizlar xavfliroq bo‘lishadi — chap qanotda Lyuk Shou va Rahim Sterling bog‘lami Jovanni Di Lorensoni qiynab qo‘yishi tayin, o‘ng qanotda esa Bukayo Saka/Jyeydon Sancho/Fil Fodenlardan istalgan biri hujum qilayotganda Emerson qarshi turishi qiyin bo‘ladi.
Ammo bu final. Angliya 55 yildan buyon sovrin yutmagan, ammo italyanlar ham bir necha yil muqaddam butkul inqirozga uchragandek edi. Bu esa yana bir fikrni tug‘diradi: hech kim ortiqcha tavakkalchilik qilmaydi va jarayonni boshqarishga urinmaydi. Butun turnir davomida Sautgeytning shunday yondashuviga guvoh bo‘ldik, ammo adzurri ham raqibga qarab moslashishi, faol qarshilik bo‘lmaganida o‘yin tempini pasaytirib, to‘pni o‘zida olib yurishini ko‘rdik.
Shunday ekan, oldinda muxlislarni yopiq o‘yin kutmoqda, jamoalar imkon qadar xato qilmaslikka va kamdan kam imkoniyatlardan maksimum natija chiqarishga intilishadi. Futbolchilar robotlar emas va kimdir qaysidir vaziyatda raqibdan biroz tezroq, ayyorroq, chaqqonroq harakat qiladi. Kimdir bir necha lahzada bo‘shliq va vaqtga ega bo‘lib, epizodni o‘z foydasiga hal qilishi mumkin.
Yevroning eng yaxshi dribleri zaxira himoyachisiga qarshi
Angliyaliklar hujumining chap qanotida Sterlingga Di Lorenso qarshilik ko‘rsatadi. Ushbu italyan guruh bosqichida Alessandro Florensi jarohat olgani tufayli asosiy tarkibga kirib qolgandi. Uning birga bir vaziyatlarda qanchalik bo‘sh o‘yin ko‘rsatishi chorakfinalda Belgiyaga qarshi kechgan o‘yinda ko‘rinib qolgandi. O‘shanda «qizil iblislar»ning 19 yoshli vingeri Jyeremi Doku 13 urinishdan to‘qqiztasida raqibni aldab o‘tgan, bu harakatlardan biri penalti belgilanishiga olib kelgandi.
Sterling — esa Yevrodagi eng kuchli dribler. U turnir boshidan buyon raqiblarni 18 marta muvaffaqiyatli aldab o‘tgan. O‘yin davomida u o‘ng qanotga ko‘chishi va Emerson oldinroqqa chiqib ketishidan foydalanishi mumkin. Ispaniyaga qarshi o‘yinda «Chelsi»da zaxira futbolchisi sifatida o‘tiradigan Emerson ko‘p vaziyatlarda Mikel Oyyarsabalga yeta olmagan, agar ispaniyalikning omadi kelganida bir necha gol urishi mumkin bo‘lgan edi.
Keyn orqaroqdan ochilishi — Kellini va Bonuchchi uchun qo‘rqinchli tush
Bu o‘rinda yana bir bor Italiya va Ispaniya o‘rtasidagi yarimfinal o‘yiniga murojaat qilish kerak bo‘ladi. O‘shanda Luis Enrike Dani Olmoni aldamchi «to‘qqizlik»ka aylantirib, taktik yurish amalga oshirgandi. «Leypsig» forvardi doimiy ravishda italiyaliklarning pressingini sindirishga yordamlashib, o‘z jamoasi hujumga o‘tishini tezlashtirib berar, shuningdek, maydon markazida romb hosil qilib, Leonardo Bonuchchini o‘ziga jalb etgan holda Ferran Torres va Oyyarsabal uchun hududlar ochib berardi. Lekin hujumdagi sheriklari bu imkoniyatlardan ko‘p hollarda foydalana olishmadi, bu ko‘proq ispanlar o‘yinidagi gorizontal uslub bilan ham bog‘liq. Sterling va Saka esa oldinga chopib, tajribali, ammo sekin yuguruvchi Jorjo Kellinidan qochib ketish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishmaydi.
Agar italiyaliklar chiziq bo‘ylab joylashuvni o‘zgartirishmasa va Keynni qarshi olishmasa, u Daniya bilan o‘yindagi kabi jazolaydi. Yarimfinal bahsida Keyn o‘z vaqtida orqaroqda turib ochilgan va to‘pga ikki teginish bilan daniyaliklar himoyasini yorib o‘tib, birinchi golni yaratib bergandi.
Maydon markazida ikki jamoadosh jangi
Italiyaliklar to‘pga egalik qiladigan ssenariy bo‘lishi ehtimoli yuqori, bunda Jorjino katta rolni bajaradi. Ispanlar kuchli bosim o‘tkazish orqali uni imkon qadar zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lishgandi, ammo inglizlar boshqacharoq uslubda o‘ynashadi.
«Chelsi»ning bu futbolchisiga alohida futbolchi biriktirish kerak bo‘ladi. Bu vazifani uning jamoadoshi — Meyson Maunt uddalashi mumkin. Ammo agar Verratti maydonning o‘z jamoasi qismigacha qaytib, Jorjino bilan bog‘lam hosil qilsa, Maunt ikkiga bir vaziyatda qoladi. Bu holatda unga Kelvin Fillips yordamga kelishi kerak. Ammo bu o‘z navbatida tayanch zonasida Deklan Rays yolg‘iz qolishi evaziga bo‘ladi. Sxemaga ko‘ra, «Vest Hem»dan faqat Barellaga qarshi turish talab etiladigandek, ammo aslida bunday emas.
Italiyaliklar hujumkor 3-2-5 sxemasida oldingi chiziqda son jihatdan ustunlik qilib, barcha besh chiziqdan vakilga ega bo‘lishadi: ikki qanot, ikki yarimhimoyachi va bir markaziy hujumchi. Lorenso Insine doimiy ravishda chap qanot yarimhimoyasidan markazga ko‘chib o‘ynaydi: u belgiyaliklar darvozasiga g‘alaba golini shu nuqtadan kelib urgandi. Bu shuni anglatadiki, Rays Ngolo Kante rejimini yoqishi va barchani yopib tashlashi talab etiladi. Yoki angliyaliklar murosaga borib, maydon markazi uchun kurashdan voz kechishi va Jorjinoga erkinlik berishi kerak, buning evaziga tayanch zonasidagi bo‘shliqlarni minimallashtirish imkoni bo‘ladi.
Jorjinoga Keynni biriktirib qo‘yish varianti ham bor, ammo bu holda Italiya boshqa qurolni qo‘llashi mumkin — Bonuchchining birinchi pasi.
Yakun
Uzoq kutilgan final sari yo‘ldan Sautgeyt nafrat, zerikarli o‘yin va Jyek Grilishni zaxiraga olgani uchun futbol tanqidchilarining virtual gulxanlari aro o‘tib keldi. U birinchi marta o‘z tamoyillaridan voz kechishi va hayotidagi eng muhim o‘yinda tavakkalchilik qilishini kutish ma'nosiz. Shu tufayli finalda Angliyaning raqibga moslashib o‘yin olib borishiga guvoh bo‘lamiz — barchasi imkon qadar xato qilmaslikka, baxsiz hodisalar ehtimolini kamaytirishga qaratiladi.
Manchini — Italiya termasi uyg‘onishi ramzi. U Mauritsio Sarri, Jan-Pero Gasperini va Roberto De Dzerbi kabi taniqli hamkasblaridan ayrim ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi. U butun dunyoga Italiya ham himoyani unutmagan holda hujumkorlikka urg‘u beruvchi zamonaviy futbol namoyish eta olishini ko‘rsatdi. U mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bilan 90 yil oldingi rekordni yangiladi.
Ammo ko‘hna an'analar hamon tirik, shu tufayli agar finalda Italiyadan xuddi ispanlarga qarshi bo‘lgani kabi himoyada turib berish talab etilsa, adzurri futbolchilari buni risoladagidek uddalashadi.
Manba: Sport-Ekspress
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda kuchli dovul kuzatildi
O‘zbekiston | 19:27
-
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
Jahon | 19:10
-
Toshkent va Samarqand vokzallarida infokioskalar ish boshladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

10:03 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi. Angliyada yirik g‘alaba, yangilangan Litvadan ajoyib kambek va boshqa natijalar

16:42 / 16.07.2024
Sautgeyt Yevro-2024 finalidagi mag‘lubiyatdan keyin iste’foga chiqdi

20:54 / 14.07.2024
Ispaniya rekord arafasida, Angliya tarixni yangilashi mumkin. Final prevyusi

15:19 / 14.07.2024