Italiya Bosniyaga qarşi öyinda birinçi bölimdayoq ozçilik bölib qoldi va yakunda penaltilar seriyasida yutqazib qöydi. Daniyaning ham futbol lotereyasida omadi kelmadi. Turkiya esa 24 yillik tanaffusdan keyin yana JÇda. Şuningdek, saralaş bosqiçini öta muvaffaqiyatsiz ötkazgan va guruhida oxirgi örinni egallagan Şvetsiya ötiş bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etib, yöllanmani qölga kiritdi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
31 mart oqşomida Yevropada JÇ-2026 ötiş bosqiçining final bahslari bölib ötdi. Qit’ada AQŞ, Meksika va Kanadada bölib ötadigan turnir uçun yana tört yöllanma öynaldi.
Italiya qatorasiga uçinçi jahon çempionatidan quruq qoldi – Bosniya penaltilar seriyasida ğolib çiqdi. Öyin natijasiga Alessandro Bastonining birinçi bölimda olgan qizil kartoçkasi jiddiy ta’sir körsatdi.
Italyanlar ajoyib boşlagandi: 15-daqiqada Nikola Vasil Mateo Retegining pressingi ostida xato pas berdi, forvard töpni olib qöydi va uni çapdan oldinga taşlangan Moyze Kinga uzatdi – u esa sovuqqonlik bilan olis burçakni aniq nişonga oldi.
Italyanlar şundan keyin ham hujumkor öynaşda davom etişdi, ammo tanaffus arafasida qöpol xato qimmatga tuşdi. Janluidji Donnarumma töpni uzoqlaştira olmadi. Bosniyaliklar uni tezda egallab olişdi: Amar Memiç darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketayotganida Bastoni uni ortdan fol işlatib töxtatdi.
Öyin boş hakami Kleman Tyurpen «Inter» himoyaçisiga töğridan töğri qizil kartoçka körsatdi.
Italyanlar ön kişi bölib ham raqibdan yaxşiroq öynaşdi va ikkinçi golni urişga yaqinroq kelişdi, ammo öyin oxiriga kelib futbolçilarda kuç tugadi va baribir gol ötkazib yuborişdi. Donnarumma Edin Jyekoning yaqin masofadan yöllagan zarbasiga fantastik reaksiya körsatdi, ammo qaytgan töpga birinçi bölib yetib kelgan Xaris Tabakoviçning zarbasiga ulgura olmadi.
Mavzuga oid
Qöşimça bölimlarda hisob özgarmay qoldi va köpçilik Italiya baribir ğalabani öziniki qilişini kuta boşladi, ammo jamoa penaltilar seriyasini öta muvaffaqiyatsiz ötkazdi. Nuqtaga birinçi bölib yaqinlaşgan yoş hujumçi Françesko Espozitoning zarbasidan keyin töp osmonga uçib ketdi, uçinçi zarbani ijro etgan Brayan Kristante esa tösinni poyladi. Uçta zarbadan ikkitasi xato. Bosniyaliklar esa barça imkoniyatlaridan aniq foydalanişdi va JÇga boradigan bölişdi.
Drama: Italiya qatorasiga uçinçi bor jahon çempionatiga bora olmaydi. Bosniya esa Kanada, Qatar va Şveytsariya bilan bir guruhdan joy oldi.
Şvetsiya Polşa bilan öyinda ğalabani ilib ketdi – 3:2. Bu safar ham Viktor Yokereş katta sahnaga çiqdi.
Bu kunning eng quvnoq öyiniga aylandi. 19-daqiqada Entoni Elanga töpga bir teginişda darvozaning yuqori burçagini aniq nişonga olib, hisobni oçdi, 33-daqiqada Nikola Zalevski javob qaytardi – uning zarbasi u qadar kuçli çiqmagandi, ammo darvozabon Kristoffer Nordfeldt qutqara olmadi. Şvedlar vaziyatlardan foydalanişda dars berişdi – tanaffus arafasida Gustaf Lagerbilke standart vaziyatdan keyin ikkinçi golni urdi.
Ikkinçi bölimda polyaklar yana bir bor hisobni tenglaştirişdi: Karol Sviderski töpni tom ma’noda özi bilan darvozaga olib kirdi. Umuman olganda, polyaklar köproq vaziyatlar yaratişdi, ammo şvedlarda samaradorlik yuqori böldi. Öyinning oxirgi qismida Şvetsiya köproq kuç saqlab qolgani ma’lum böldi – va bu natijada ham aks etdi. 88-daqiqada Yokereş öz vaziyatidan foydalandi – mehmonlar bir hujumning özida bir neça zarbani tösişdi, ammo «Arsenal» hujumçisining zarbasini qaytara olişmadi.
U Robert Levandovski bilan duelda ğolib çiqdi – top-forvardlardan faqat biri mundialga borişi mumkin edi va bu şvetsiyalik yoş hujumçi bölib çiqdi; u ötiş öyinlarining özida tört gol urişga erişdi, yarimfinalda Ukraina darvozasiga het-trik qayd etgandi.
E’tiborli jihati, şvedlar saralaş bosqiçida atigi ikki oçko olib, guruhda sönggi örinda qolişgandi, ammo Millatlar ligasi orqali ötiş bosqiçida iştirok etişdi. Endi ular mundialda Niderlandiya, Yaponiya va Tunis bilan birga F guruhidan joy olişdi.
Turkiya hal qiluvçi öyinda Kosovoni mağlub etdi – 1:0.
Yarimfinalda Ruminiya ustidan minimal hisobda ğalaba qozongan turklar bu öyinda ham masalani birgina gol bilan hal qilişdi: ikkinçi bölim boşlarida Kenan Yildiz çap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va töpni markazga oşirdi, u yerda turgan Örxun Kökçining zarbasini esa Karim Oqturköğli darvozaga töğrilab yubordi. «Fenerbahçe» vingeri ötiş bosqiçidagi ikki öyinda ham sariq kartoçka oldi, şu bilan birga, jamoaga ğalaba va yöllanmani taqdim etdi.
Kosovoliklar öz uyida öynagan bölsa-da, hisobda ortda borayotganida ham deyarli vaziyat yaratmadi. Mezbonlar çuqur himoyaga yotişdi, lekin baribir öz darvozasi daxlsizligini saqlab qololmadi.
Turkiya uçinçi bor jahon çempionatiga çiqmoqda. Jamoa bungaça 1954 va 2002 yillarda mundial iştirokçisi bölgan. Oxirgi urinişda bronza medallari qölga kiritilgan. Bu safar Turkiya D guruhida AQŞ, Paragvay va Avstraliya bilan birga iştirok etadi.
Çexiya penaltilar seriyasida Daniyadan ustun keldi. Daniyaliklar taşabbusga egalik qilişdi, asosiy vaqtda ham, qöşimça bölimlarda ham hisobni tenglaştirişga özida iroda topa olişdi, ammo penaltilar seriyasida juda yomon harakat qilişdi.
Çexlar 3-daqiqadayoq hisobda oldinga çiqib olişdi, Pavel Şuls töp uçun kuraşda ustun keldi va töpni tösin ostidan darvoza töriga kiritdi.
Daniya şundan keyin töpga egalik qildi (77 foiz), köproq zarba berdi (22:9). Çexiya çuqur himoyalandi va qarşi hujumlar bilan javob qaytardi. Daniyaliklar faqat 72-daqiqaga kelib çexlar mudofaasini yorib ötişdi: darvozabon Matey Kovarj töpga çiqişda xatoga yöl qöydi va Yoakim Andersen hisobni tenglaştirdi.
Ekstra-taymlarda ssenariy özgarmadi: çexlar yana bir bor hisobda oldinga çiqişdi – 100-daqiqada Ladislav Kreyçining goli VAR tekşiruvidan keyin inobatga olindi.
Daniyaliklar faolroq öynaşda davom etişdi va öyinni baribir penaltilar seriyasiga olib ötişdi. Kasper Heg 111-daqiqada burçak zarbasidan keyin muvozanatni tikladi.
Ammo futbol lotereyasida omad Çexiyaga kulib boqdi: daniyaliklar tört zarbadan uçtasini xato ijro etişdi. Nuqtaga birinçi bölib yaqinlaşgan Rasmus Hoylundning zarbasi tösinga bordi, oxirgi zarbani ijro etgan Niklas Yyensenning zarbasi darvoza sohasiga töğri bormadi.
Çexiya ikkinçi bor mundial iştirokçisiga aylandi, jamoa 2006 yilgi turnirda guruhdan çiqa olmagandi. Bu safar esa Meksika, JAR va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy olgan.
Jahon çempionatining barça iştirokçilari va guruhlar tarkibi: