I guruhi

Öziga öxşamayotgan Italiya

Isroil – Italiya 4:5
Gollar: Lokatelli (16, avtogol), D. Perets (52, 89), Bastoni (87 avtogol) – Kin (40, 54), Politano (59), Raspadori (81), Tonali (90+1)
Isroil: D. Perets, Naxmias, Lemkin (Şlomo, 9, Turgeman, 88), Revivo, Dasa (Mizraxi, 66), D. Perets, E. Perets, Glux, Solomon, Xalaili (Baribo, 66), Biton (Yyexezkel, 66)
Italiya: Donnarumma, Bastoni, Mançini, Dimarko (Kambiyaso, 79), Di Lorenso, Lokatelli, Tonali, Barella (Frattezi, 68), Politano (Orsolini, 68), Retegi (Maldini, 88), Kin (Raspadori, 79)

Kunning markaziy bahsi muxlislarning hafsalasini pir qilmadi – Vengriyaning Debretsen şahridagi öyinda Isroil va Italiya haqiqiy triller namoyiş etib berişdi. Jyennaro Gattuzo boşqaruvidagi Italiya terma jamoasi «Skuadra adzurra»ning qandaydir beöxşov versiyasi bölib körinmoqda. U xuddi boş murabbiyi kabi biroz telbavor öynamoqda. Bu jamoada darvozabon juda qöpol xatoga yöl qöyişi, himoyaçilar ikki bor öz darvozasini işğol etişi hamda italyanlarga xos bölmagan tarzda sönggi daqiqalarda ikki töp farqi bilan ustunlikni boy berişi mumkin. Ammo jöşqin öyini bilan muxlislarni befarq qoldirmaydi.

Isroil öyin startida darvozani işğol etdi. Burçak zarbasi ijro etilganida Donnarumma töpga çiqişda xato qildi – töpni muştlari bilan urib yurişga urinib, amalda töpni öz darvozasiga kiritib yubordi. Ammo hakam bahsli qarori bilan golni bekor qildi, u mezbonlar hujumçisi Janluidjiga qöpollik işlatgan deb topdi.

Lekin köp ötmay isroilliklar baribir hisobni oçişdi, 16-daqiqada jamoa sardori Dasa qanotdan jarima maydoniga uzatma berdi, töpni esa Lokatelli öz jamoasi darvozasiga kiritib yubordi. Italyanlar şundan keyingina uyğonişdi. Lokatelli öz aybini yuvişi mumkin edi, ammo uning zarbasi tösinga bordi. Bölim oxirida esa oldingi çiziqdagi Retegi – Kin tandemi iş berdi. Şu yozda Saudiya Arabistoniga yöl olgan legioner assistentlik qildi, Moyze esa jarima maydoni taşqarisidan qaytarib bölmas zarba yölladi.

Ikkinçi bölimda esa yana isroilliklar hisobda oldinga çiqib olişdi. Solomon Politano va Lokatellidan osonlik bilan qoçib ketdi va Dor Peretsni golli uzatma bilan ta’minladi. Şu bilan birga, «Skuadra adzurra» keyingi hujumdayoq javob qaytardi. Yana Retegi Kinga assistentlik qildi. Öyin oxirlariga borib asli Argentinada tuğilgan va mahalliylaştirilgan Retegi assistlar böyiça het-trikka erişdi. Autdan töp öyinga kiritilgaç, uşbu forvard töp uçun kuraşda raqib himoyaçisidan ustun keldi va Politanoni qulay vaziyatga çiqarib yubordi.