Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy COVAX dasturi doirasida 550 mln dozagacha vaksina yetkazib beradi
Hozirga qadar COVAX dasturi orqali butun dunyo bo‘yicha atigi 102 mln doza vaksina yetkazildi. Tashkilot 2022 yil boshigacha 1,8 mlrd doza vaksina tarqatishni rejalashtirgan.
Xitoydagi vaksina ishlab chiqaruvchilar koronavirusga qarshi 550 mln dozagacha vaksina yetkazib berish bo‘yicha COVAX shartnomasini imzoladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
«Kelishuv doirasida COVAX qatnashchilariga kelgusida doza miqdorini oshirish imkoniyati bilan 110 mln doza vaksina yetkazib beriladi», — deyiladi vaksina va immunizatsiya bo‘yicha GAVI global alyansi saytida. Alyans COVAX dasturining asosiy homiylaridan biri hisoblanadi.
Sinopharm Group kompaniyasi keyinroq qo‘shimcha 110 mln doza vaksina yetkazib berish imkoniyati bilan iyuldan oktyabrgacha 60 mln doza vaksina yetkazib beradi. Sinovac Biotech Ltd bu davr mobaynida yana 330 mln doza vaksina yetkazib berish imkoniyati bilan 50 mln doza vaksina taqdim etadi.
Hozirga qadar COVAX dasturi orqali butun dunyo bo‘yicha atigi 102 mln doza vaksina yetkazildi. Tashkilot 2022 yil boshigacha 1,8 mlrd doza vaksina tarqatishni rejalashtirgan.
COVAX yoki koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berish bo‘yicha global dastur 2020 yil aprelda JSST va GAVI hamkorligida tashkil etilgan. Dasturdan maqsad past va o‘rta daromadli mamlakatlarni koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta'minlashdan iborat.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026