Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jaloliddin Manguberdi haqida yangi asar nashrdan chiqdi
Ma'naviyat va ma'rifat markazining Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi Bekzod Abdirimov pokistonlik olim, doktor Vasim Sajjad bilan hamkorlikda «Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda» nomli kitobni nashrga tayyorladi.
O‘zbek, ingliz va urdu tillarida chop qilingan ushbu asarda Jaloliddin Manguberdining 1221-1224 yillardagi siyosiy-harbiy faoliyati bilan bir qatorda Pokistonda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida hikoya qilinadi.
Kitobda buyuk sarkardaning zafarli yurishlari, so‘nmas jasorati haqida tarixchilar uchun yangilik bo‘lgan qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.
Shu yilning oktabr oyida O‘zbekistonda «Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o‘rganish» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, asar ushbu yirik anjuman oldidan munosib tuhfa bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:58 / 22.05.2026
Xorazm viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi
08:33 / 19.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
11:11 / 15.04.2026
Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kuchli shamol oqibatlari
10:47 / 27.02.2026