Ma'naviyat va ma'rifat markazining Xorazm viloyati bölimi rahbari, Urganç davlat universiteti tadqiqotçisi Bekzod Abdirimov pokistonlik olim, doktor Vasim Sajjad bilan hamkorlikda «Sulton Jaloliddin Xorazmşoh Pokistonda» nomli kitobni naşrga tayyorladi.
Özbek, ingliz va urdu tillarida çop qilingan uşbu asarda Jaloliddin Manguberdining 1221-1224 yillardagi siyosiy-harbiy faoliyati bilan bir qatorda Pokistonda amalga oşirgan bunyodkorlik işlari haqida hikoya qilinadi.
Kitobda buyuk sarkardaning zafarli yurişlari, sönmas jasorati haqida tarixçilar uçun yangilik bölgan qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.
Şu yilning oktabr oyida Özbekistonda «Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini örganiş» mavzusida xalqaro konferensiya ötkaziş rejalaştirilgan bölib, asar uşbu yirik anjuman oldidan munosib tuhfa böldi.













