Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasida sportchilar medallarni o‘z bo‘ynilariga o‘zlari taqadilar
Tokio Olimpiadasida koronavirus pandemiyasi sababli sovrindorlarni taqdirlash tartib-qoidalari o‘zgartirildi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning ta'kidlashicha, sovrindorlar bo‘yniga medallarni avvalgidek XOQ a'zolari yoki yuqori mansabdor shaxslar emas, balki sovrindorlarning o‘zlari taqadilar.
Baxning ma'lum qilishicha, Olimpiadada sovrindorlarga medallar patnislarda keltiriladi, so‘ngra sportchilar medallarni olib, uni bo‘ynilariga taqadilar.
“Sportchi medallarga hech kim tegmaganiga ishonch hosil qilishi uchun patnisga medallarni dezinfeksiyalangan qo‘lqoplarda bo‘lgan odam qo‘yadi”, deb ta'kidlab o‘tgan XOQ prezidenti. Uning ma'lum qilishicha, taqdirlash marosimida qo‘l siqishish va quchoqlashishlar taqiqlanadi.
Tokio Olimpiadasi 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. 12 iyuldan Yaponiya poytaxtida koronavirus bilan bog‘liq favqulodda vaziyat rejimi amal qilmoqda. U 22 avgustgacha davom etadi. Yaponiyada kasallanish holatlari ko‘paygani sababli O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qildi.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026