Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada uzum eksporti boshlandi
Joriy yil shu kunga qadar Farg‘onadan xorijga 232 ming dollarlik uzum eksport qilindi, deya Kun.uz'ga xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot bo‘limi.
“Vodiy” hamda “Marg‘ilon” tashqi iqtisodiy faoliyati bojxona postlari tarkibida “Eksportga ko‘maklashish markazlari” tomonidan joriy yilda qiymati 232 ming AQSh dollarilik 220 tonna uzum Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya kabi davlatlarga eksport qilingan.

Viloyatdagi 7 834 gektar uzum bog‘laridan 1 498 gektari aynan Oltiariq tumanida joylashgan bo‘lib, 2021 yilda viloyatda kutilayotgan 153 880 tonna uzum hosilining 43 784 tonnasini ham Oltiariq tumanida yetishtirish rejalashtirilgan.
2020 yilda viloyatdan qiymati 30,5 million dollarga teng bo‘lgan 28 ming 100 tonna uzum eksport qilingan.

Avvalroq Farg‘onadan aviareys bilan Janubiy Koreyaga bir kunda 46 tonna gilos eksport qilingani haqida xabar berilgan edi.