O‘zbekiston | 17:19 / 16.07.2021
15809
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Samarqandga tashrif buyurdi

Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Ma'lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra, O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bugun Samarqandga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kutib olgan.

Qayd etilishicha, Pokiston Bosh vaziri ko‘hna shahar bilan tanishishni Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilishdan boshlagan. U, A.Aripov hamrohligida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilgan. Qur'on tilovat qilinib, buyuk alloma yod etilgan.

Ta'kidlanishicha, Islom olamida muhaddislar sultoni, deb e'zozlanadigan Imom Buxoriy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish, bu zot nomi bilan bog‘liq maskanni obod etish borasida olib borilayotgan ishlarga Pokiston Bosh vaziri yuksak baho bergan

Eslatib o‘tamiz, Pokiston bosh vaziri bugun, 16 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi.

Mavzuga oid