Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat yosh tadbirkorlar uchun “Fursat” loyihasini boshladi
Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida biznes g‘oyalarga ega yoshlar uchun davlat budjetidan 100 mln dollar ajratilmoqda. Tanlangan yoshlarga yer olishda ham ko‘mak beriladi.
O‘zbekistonda yosh tadbirkorlar biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida “Fursat” nomli loyiha ishga tushirildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mehroj Botirovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, loyiha prezident qarori asosida ishlab chiqilgan. Undan ko‘zlangan maqsad – yoshlarga biznes g‘oyalarini amalga oshirishda yordam berish va bandlikni ta'minlashdan iborat.
“O‘z biznes g‘oyalari bor, ammo uni boshlash uchun tajriba va boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmagan 18-30 yoshli yigit-qizlar loyiha ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin. Mazkur loyiha sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlariga mo‘ljallangan.
Loyihaga 2021 yil hisobidan 100 mln dollar mablag‘ ajratish belgilangan. Shuningdek, yoshlarga yer ajratilishida ham ko‘maklashamiz.
Ayni paytda respublikadagi 15ta tuman va shaharda yoshlar sanoat zonalari ochilgan. Yosh tadbirkorlar fursat.uz sayti orqali yoki tuman (shahar) hokimiyatlarida tuzilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari mumkin”, – deydi vazirlik vakili.
Qayd etilishicha, prezident qarori bilan O‘zbekistonda 219ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etish belgilangan va hozirda shundan 185tasi faoliyatini boshlagan.
Mavzuga oid
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
13:38 / 21.05.2026