Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi qator hududlar ikki kun davomida issiq suvsiz qoladi
Toshkent shahri tumanlarining ayrim hududlarida joriy yil 23 iyul soat 9:00 dan 24 iyul soat 21:00 gacha ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatiladi va ayrim qozonxonalar suvsiz qoladi.
“Toshissiqquvvati” xabariga ko‘ra, “Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ tomonidan “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududidan o‘tuvchi ichimlik suv tarmoqlari ko‘chirib o‘tkaziladi.
Shu sababli, Bektemir tumanida “Vodnik”, Mirobod tumanida 6-IM, Sergeli tumanida 8-IM va “Sanoatenergo” qozonxonalari suvsiz qoladi.
Issiqlik manbalarining amal qilish hududlari ro‘yxati:
6-IM.
Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tallimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayxun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq 1-7, Qo‘yliq-Aylanma dahalari.
8-IM
Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, So‘g‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, Sergeli 1-8A, Yo‘ldosh 1-18, M-1,2,3, Do‘stlik-1,2 dahalari.
“Vodnik” qozonxonasi
Husayn Boyqaro ko‘chasi, “Suvsoz” mavzesi doirasida
“Sanoatenergo” qozonxonasi
“Quruvchi” mavzesi.
Mavzuga oid
16:28
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
14:46
Issiqlik ta’minotida avans evaziga eski tarifning saqlanib qolish muddati 2 oyga tushirildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026