Erdo‘g‘an Kipr Turkiya roziligisiz NATOga kira olmasligini aytdi
Kipr respublikasi NATOga kirishining asosiy sharti bu - Turkiya roziligi hisoblanadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.
“Agar biz bu masalada ijobiy javob bermasak, Janubiy Kipr NATOga qo‘shila olmaydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrifi davomida.
U Turkiya taqiqloviga qaramay, Gretsiya 1980 yilda NATOga qabul qilinganidek, Janubiy Kipr ham alyansga shunday yo‘sinda qo‘shilishiga Anqara yo‘l qo‘ymasligini aytgan.
Erdo‘g‘an Turkiya dunyo davlatlari Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olishiga erishishga harakat qilishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, Turkiya Kiprdagi barqarorlik va xavfsizlik uchun intilayotgan yagona davlat hisoblanadi.
Kipr 1974 yilda turk va grek millatiga mansub kiprliklar o‘rtasidagi ixtilof sababli Shimol va Janubga bo‘lingan. O‘shanda harbiy to‘ntaruv natijasida Kiprda hokimiyat tepasiga grek harbiylari kelgan. Biroq Turkiya o‘z xalqaro huquqidan foydalanib, Kiprga bostirib kirgan va uning shimoliy qismini egallagan. 1975 yilda bu yerda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil etilgani e'lon qilingan.
1974 yilda Kiprning shimoliy qismi Turkiya tomonidan bosib olinganiga norozilik sifatida Gretsiya NATO tarkibidan chiqib ketgan. Biroq mamlakat 1980 yilda alyansga qaytishga qaror qilgan. NATOga a'zo davlatlar Turkiyaning qarshiligiga qaramay, Gretsiyaning bu qarorini ma'qullashgan.
Mavzuga oid
17:38
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
18:37 / 19.12.2024
O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi
17:52 / 17.12.2024