Jahon | 20:24 / 21.07.2021
4694
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada ko‘chada niqob taqib yurish talabi bekor qilindi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 26 iyuldan boshlab aholi ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda ko‘chada niqobsiz yurishi mumkin. Shu bilan birga, barcha yopiq jamoat joylarida niqob taqish talabi amal qiladi.

Ispaniya parlamenti quyi palatasi ko‘chada majburiy niqob taqib yurishni bekor qilish to‘g‘risidagi hukumat farmonini tasdiqladi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniya hukumati qaroriga ko‘ra, 26 iyuldan boshlab aholi ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda ko‘chada niqobsiz yurishi mumkin. Mamlakatda mazkur tartib qariyb bir yil avval kiritilgandi. Shu bilan birga, barcha yopiq jamoat joylarida niqob taqish talabi amal qiladi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Ispaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 4,1 milliondan oshgan, 81 mingdan ziyod bemor vafot etgan. Mamlakatda o‘tgan yil dekabrda vaksinatsiya kampaniyasi boshlangan.

Hozirga qadar aholining 50 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid