Toliblar Qurbon hayiti munosabati bilan hujum qilishni to‘xtatdi
Qayd etilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida rasman e'lon qilinmagan.
«Tolibon» harakati tarafdorlari Qurbon hayiti nishonlanadigan kunlarda hujum operatsiyalari o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ma'lum qildi, deb xabar bermoqda AFP agentligi.
«Qurbon hayiti munosabati bilan mudofaa pozitsiyasini egallaganimizni tasdiqlayman», — degan Mujohid.
Agentlikning qayd etishicha, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida rasman e'lon qilinmagan.
Hozirgi vaqtda Afg‘onistondagi vaziyat amerikaliklar tomonidan harbiy kontingentning mamlakatdan olib chiqib ketilishi fonida keskinlashgan. «Tolibon» harakati a'zolari bir necha aholi punktlarini, shu jumladan Tojikiston bilan chegaradagi hududlarni egallab oldi.
AQSh harbiylari 2001 yildan beri Afg‘onistonda bo‘lgan, ular mamlakatga kichik Jorj Bush prezidentligi vaqtida olib kirilgan. Qo‘shinlarning olib chiqib ketilishi may oyi boshida boshlandi, jarayonni avgust oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Avvalroq Afg‘oniston hukumati va toliblar sulh haqida kelisha olmagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024