Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja issiq, shimolda, janubda, va cho‘l hududlarda 41-42 daraja issiq bo‘ladi.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38 daraja issiqni tashkil etadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 26-31 daraja issiq bo‘ladi.
22 iyul kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:05 / 13.06.2026