Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda maxsus karantin rejimi 1 sentyabrgacha uzaytirildi
Avvalroq maxsus karantin rejimining amal qilish muddati 1 avgustgacha uzaytirilgandi.
Foto: RIA Novosti
Ozarboyjon hukumati amaldagi maxsus karantin rejimini 1 sentyabrgacha uzaytirdi. Mamlakat bosh vaziri Ali Asadov bu borada tegishli farmonni imzoladi.
«Mamlakat hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishi va uning oqibatlari oldini olish maqsadida Ozarboyjonda maxsus karantin rejimi 2021 yil 1 sentyabrgacha uzaytirilsin», — deyiladi hujjatda.
Avvalroq maxsus karantin rejimining amal qilish muddati 1 avgustgacha uzaytirilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 339 ming holat qayd qilingan, 5 mingga yaqin bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
14:51 / 19.12.2025
Ozarboyjonda Vardanyanga umrbod qamoq jazosi berish talab qilindi
23:13 / 05.12.2025
Ustyurtda «O‘zbekneftgaz» va SOCAR qo‘shma loyihasi ishga tushdi
09:03 / 02.12.2025