Tokio-2020. Ochilish marosimi oldidan O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgardi
Bugun, 23 iyul kuni Tokio-2020 Olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir oldidan O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari kutilmaganda o‘zgargani ma'lum bo‘ldi.
Tokioda bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov «O‘zbekiston 24» telekanali muxbiri bilan suhbatda bayroqdorlar o‘zgargani haqida gapirgan.
«O‘zbekiston bayroqdorini tayinlashda avvalambor musobaqalar jadvalini hisobga olgan holda, qolaversa barcha sportchi, delegatsiya a'zolarining fikrini inobatga olib boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosi Bahodir Jalolov va taekvondo bo‘yicha jamoamiz a'zosi Nigora Tursunqulovaga ishonch bildirildi», - deydi MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov.
Avvalroq, MOQ matbuot xizmati Tokio-2020 Olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari Oksana Chusovitina va Bobo Usmon Baturov bo‘lishi haqida xabar bergan edi.
Ochilish marosimida sportchilar chiqishini Olimpiada vatani Gretsiya delegatsiyasi boshlab bersa, Yaponiya mezbon sifatida yakunlaydi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston yapon alifbosida tartib raqami bo‘yicha 25-o‘rindan joy olgani sababli, bu safargi marosimda avvalgilaridan oldinroq chiqadi.
Ma'lumot uchun, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadigan ochilish marosimi axborot hamkorimiz «Sport TV» orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Mavzuga oid
19:35 / 29.12.2021
Tokio-2020 g‘oliblariga atalgan yil. «Uzbekistan Sport Awards-2021» milliy mukofoti laureatlari e’lon qilindi
14:06 / 25.08.2021
Erkin kurash jamoasi bosh murabbiyi: «Tokioda shogirdlarimdan ko‘proq narsa kutgan edim»
05:42 / 24.08.2021
Turkmaniston tarixida olimpiada sovrindori bo‘lgan ilk sportchiga Lexus va kvartira sovg‘a qilindi
07:43 / 10.08.2021