Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda mol o‘g‘riligi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida fuqarolarning chorva mollarini o‘g‘irlab kelgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, jinoiy guruh 2020 yil dekabr oyi o‘rtalarida G‘ijduvon tumanida 6 mln so‘mlik, 2020 yil 29 dekabr kuni Shofirkon tumanida 10 mln so‘mlik, 2021 yil 12 yanvar kuni Peshko‘ tumanida 12 mln so‘mlik hamda 16 yanvar kuni Shofirkon tumanida 8 mln so‘mlik mayda shoxli mollarni o‘g‘irlashgan.
Mol o‘g‘rilariga Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Oldinroq Buxoro shahrida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, jazodan qochib yurgan shaxs Qozog‘istonda ushlangandi.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
19:57 / 02.11.2025
Toshkentda mashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
13:00 / 01.11.2025