Sport | 23:18 / 25.07.2021
15113
2 daqiqa o‘qiladi

Tokio-2020. 26 iyulda chiqish qiladigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati

26 iyul kuni Yozgi Olimpiadaning uchinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Ertangi bahslarda yana 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z omadini sinab ko‘radi.

Erkaklar boks jamoasidan ikki, taekvondo jamoasidan ikki sportchi o‘z ishtirokini boshlaydi. Shuningdek, dzyudo, qilichbozlik va og‘ir atletika sport turlaridan bir nafardan vakil ishtirok etadi.

Quyida 26 iyul kuni bahslarga kirishadigan sportchilar ro‘yxati va bellashuvlarning boshlanish vaqti (Toshkent vaqti bilan) keltiriladi:

Zaynab Dayibekova — qilichbozlik, ayollar — 5:00;
Hikmatullo To‘rayev — dzyudo, erkaklar, -73 kg — 7:00; 
Shahobiddin Zoirov — boks, erkaklar, -52, kg — 7:50;
Nigora Tursunqulova — taekvondo, ayollar, -67 kg — 8:30;
Nikita Rafalovich — taekvondo, erkaklar, - 80 kg — 8:45;
Fanat Qahramonov — boks, erkaklar, - 75 kg — 14:50;
Muattar Nabiyeva — og‘ir atletika, ayollar, - 55 kg — 15:50.

Olimpiadaning 2 kunida o‘zbekistonlik sportchilarning 22 nafari musobaqalarga kirishdi, bugun taekvondo bo‘yicha -68 kg vazn toifasida Ulug‘bek Rashidov oltin medalga ega chiqdi, yana uch nafar bokschi keyingi bosqichga o‘tdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi 1 oltin bilan umumiy reytingda 16-o‘rinda turibdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid