O‘zbekiston | 09:01 / 26.07.2021
2944
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda 24 yoshli piyoda vafot etdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 24 yoshli piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 iyul kuni soat 3:00larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jomboy tumani Beshbola MFY hududidan o‘tgan 1065-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Toshkent-Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Lada Largus» mashinasi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 24 yoshli yigitni urib yuborgan. Oqibatda yigit og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid