Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jomboyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida tuman Xalq qabulxonasi haydovchisi vafot etdi
Jomboyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida tuman Xalq qabulxonasi haydovchisi boshqargan «Kobolt» mashinasi daraxtga urilgan. Oqibatda haydovchi vafot etgan.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 1 iyul kuni Jomboy tumanidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi O‘rtabo‘z-Jomboy-Galakapa avtomobil yo‘lining 4-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Tez harakatlanib kelgan «Kobolt» mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi chinor daraxtiga borib urilgan. Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasiga uchragan «Kobolt» xizmat mashinasi bo‘lgan va uning haydovchisi Jomboy tuman Xalq qabulxonasida haydovchi bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026