"Tolibon" delegatsiyasi Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
Xitoy tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, "Tolibon" harbiy va siyosiy kuch sifatida Afg‘onistonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekinda "Tolibon" siyosiy ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan ma'lum qildi.
"28 iyul kuni XXR tashqi ishlar vaziri Xitoyga tashrif buyurgan Abdulla G‘ani Barodar bilan uchrashuv o‘tkazdi", - dedi u.
Chjao Litszyanning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida Van I Pekin Afg‘onistonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishini bildirgan.
"Biz mamlakatingiz ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilamiz", - degan u.
Van I shuningdek, Xitoy hukumati Afg‘onistonda "Tolibon" harakati ko‘magida tinchlik o‘rnatilishiga umid qilishini qayd etgan.
Van Ining ta'kidlashicha, "Tolibon" harbiy va siyosiy kuch sifatida Afg‘onistonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Chjao Litszyanning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida Abdulla G‘ani Barodar Xitoy hukumatiga XXRga tashrif buyurish imkoniyatini bergani uchun minnatdorlik bildirgan. U shuningdek, XXR hukumati bilan kelgusida hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Avvalroq Ariana News telekanali "Tolibon" rasmiy vakili Muhammad Naimga asoslanib, harakat rahbariyatining to‘qqiz kishidan iborat delegatsiyasi Xitoyga ikki kunlik tashrif bilan kelgani haqida xabar qilgandi.
Mavzuga oid
19:14
Xitoy ikkita sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi
22:52 / 24.11.2024
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
16:48 / 24.11.2024
Xitoylik hakerlar AQShdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
02:02 / 24.11.2024