Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Koreyaga boradi
2021 yilning 29 iyul – 2 avgust kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi.
Tashrif dasturida Tashqi ishlar vazirligi, parlament, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yashil o‘sish global instituti (GGGI) va Koreya Respublikasining boshqa idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkaziladi.
Shuningdek, Inchhon shahridagi Koreya-O‘zbekiston biznes markazi faoliyati bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026