O‘zbekiston | 17:04 / 29.07.2021
2400
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda hovlisida kannabis va ko‘knor o‘stirayotgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida qonunga xilof ravishda hovlisida kannabis va ko‘knor o‘stirayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, DXX Kitob tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan «Qoradori-2021» tezkor tadbiri davomida tumanning «Anorzor» MFYda yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.Y. yashash xonadonida taqiqlangan giyohvandlik o‘simliklarini o‘stirib kelayotgani aniqlangan.

Jumladan, u o‘z hovlisida 7 tup kannabis hamda 143 tup ko‘knor o‘simligini qonunga xilof ravishda yetishtirib kelayotganligi aniqlangan hamda xolislar guvohligida hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid