O‘zbekiston | 09:40 / 29.07.2021
9527
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun Olmaliqqa boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Olmaliqqa boradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)

Qayd etilishicha, davlat rahbari kon-metallurgiya kombinati konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi ishlar bilan tanishadi.

“Kombinatda mamlakatimiz kon sanoatidagi yana bir yirik loyiha - «Yoshlik I» konini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda”, deyiladi prezident matbuot kotibi xabarida. 

Ma'lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev ushbu loyiha doirasidagi yangi quvvat - 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid