Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchisi: «YUNISEF orqali O‘zbekistonga «Pfizer» vaksinasi olib kelinadi»
AQSh hukumati tomonidan O‘zbekistonga «Moderna» vaksinasining 3 mln dozasi taqdim etildi. Amerika elchisi kelgusida yana vaksinalar kelishini aytdi.
30 iyul kuni AQShning COVAX dasturi doirasida YUNISEF tomonidan O‘zbekistonga keltirilgan «Moderna» vaksinasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mametzoda, AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Kristofer Fitspatrik hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevlar ishtirok etishdi.
Hozirda AQSh COVID-19 vaksinalarining adolatli taqsimlanishini ta'minlaydigan COVAX dasturining eng yirik donori hisoblanadi. COVAX maqsadlariga ko‘ra, keltirilgan 3 mln dozadagi vaksina eng avval emlanadigan aholi guruhlari uchun ishlatilib, ularning 20 foizini emlashga hissa qo‘shadi.
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyumning aytishicha, bu beg‘araz yordam butun dunyoda pandemiyani to‘xtatish, insonlar hayotini saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
«COVAX dasturi doirasida AQSh O‘zbekistonga ham vaksinalar yetkazib bermoqda va bunday hadyalar hali yana davom etadi. Shu yil YUNISEF tashkiloti orqali «Pfizer» vaksinalari ham O‘zbekistonga olib kelinadi. «Moderna» vaksinasining keyingi partiyasi qachon kelishi hozircha aniq emas. Amerikada vaksina yetarli bo‘lgani uchun O‘zbekiston bilan bo‘lishyapmiz, o‘ylaymanki boshqa mamlakatlar ham bunga o‘z hissasini qo‘shadi», dedi janob elchi.
Avvalroq, O‘zbekistonga 1,2 mln dozada Pfizer vaksinasi olib kelinishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
18:21 / 06.04.2026
YUNISEF Eron rasmiylaridan bolalarni harbiy xizmatga yollashni to‘xtatishni talab qildi
14:01 / 19.03.2026
YUNISEF: bolalar o‘limiga qarshi kurashdagi taraqqiyot sekinlashdi
15:44 / 05.07.2025
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
15:14 / 04.06.2025