BMT Bolalar fondi (YUNISEF) Eron rasmiylaridan voyaga yetmaganlarni harbiy operatsiyalarga jalb qilişni töxtatişni talab etdi. Taşkilot bolalar jalb etilayotgan safarbarlik kampaniyalari, jumladan, ularning nazorat-ötkaziş punktlarida xizmat ötaşi holatlari haqida ma’lumotga ega ekanini ma’lum qildi:
«Biz Eronni bolalarni har qanday yollaşni töxtatişga çaqiramiz. Qurolli kuçlar yoki guruhlar tomonidan bolalarni yollaş va ulardan foydalaniş bola huquqlarini qöpol ravişda buziş hisoblanadi».
Murojaat Amnesty International hisobotidan keyin e’lon qilindi, unda taşkilot Eron rasmiylarining harakatlarini «harbiy jinoyat» sifatida baholadi. Huquq himoyaçilarining qayd etişiça, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) blokpostlarda xizmat qiliş, patrullik qiliş va qurolli kuçlarni logistika bilan ta’minlaş uçun 12 yoşdan boşlab köngillilarni yollaş kampaniyasini boşlagan. Amnesty Kalaşnikov avtomatlari bilan qurollangan bolalarning 16 ta fotosurati va videoyozuvlarini tahlil qildi, şuningdek, Tehron, Karaj va Raştdan tört nafar guvohning körsatmalarini keltirdi.
Taşkilot 29 mart kuni Tehrondagi blokpostda Isroil droni zarbasi oqibatida 11 yoşli Alirizo Jafariy halok bölgani haqida xabar bergan edi - huquq himoyaçilariga köra, u şaxsiy tarkib yetişmasligi sababli harbiy xizmatçi otasi bilan birga bölgan. Amnesty International ma’lumotlariga köra, uruş paytida AQŞ-Isroil zarbalari çoğida kamida 216 bola halok bölgan.
Ta’kidlanişiça, voyaga yetmaganlarni qurolli kuçlarga yollaş Eron rasmiylarining uzoq yillik amaliyotidir. Amnesty International hisobotida yozilişiça, Tehronning özi tan olganidek, 1980-yillardagi Eron-Iroq uruşi yillarida 550 mingdan ortiq bola armiyaga yuborilgan, ularning ön minglab nafari halok bölgan. Xalqaro gumanitar huquqqa köra, 15 yoşgaça bölgan bolalarni qurolli tuzilmalarga çaqiriş harbiy jinoyat sifatida baholanadi.








