Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Farg‘ona politexnika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan fuqaro qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Marg‘ilon shahridagi umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi Sh.Q. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro S.ga Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod davlat universitetining 1-kursini tamomlaganligi haqida ma'lumotnoma olib berish va ushbu ma'lumotnoma orqali Farg‘ona politexnika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Qo‘qon pedagogika instituti talabasi Z.A. fuqaro Q.ni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtda qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
23:32 / 22.08.2025
Toshkent va Buxoro viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
19:29 / 22.08.2025
Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
12:43 / 20.08.2025
Latviyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
16:50 / 19.08.2025