Farğona politexnika institutiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 2 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan fuqaro qölga olindi, deya xabar bermoqda Boş prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Farğona viloyat boşqarmasi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida Marğilon şahridagi umumiy örta ta'lim maktabi öqituvçisi Ş.Q. yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali fuqaro S.ga Qirğiziston Respublikasining Jalolobod davlat universitetining 1-kursini tamomlaganligi haqida ma'lumotnoma olib beriş va uşbu ma'lumotnoma orqali Farğona politexnika institutiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 2 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Qöqon pedagogika instituti talabasi Z.A. fuqaro Q.ni tanişlari orqali Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farğona filialiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, 5 000 AQŞ dollarini olgan vaqtda qölga olingani haqida xabar berilgan edi.