Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lumiere bilan tanishuv: Premium-klassdagi otel biznesi haqida ochiq suhbat
Lumiere hotel & spa – Toshkentda yangi ochilgan yuqori segmentdagi mehmonxonalardan. Jurnalist Bobur Akmalov yangi otel bilan tanishib, uning asoschisi Ikromjon Mamasaidov bilan samimiy suhbat qurdi.
Kun.uz “Business slass” ruknida turli-tuman yo‘nalishlardagi katta-kichik biznes-loyihalar haqida hikoya qilib boradi. Ruknning ilk sonida Toshkentda ochilgan premium-klass avtoyuvish shoxobchasi – Blackstar Carwash haqida hikoya qilgan edik.
Bu gal esa poytaxtimizda yangi ochilgan lyuks otellardan biri – Lumiere hotel & spa Tashkent bilan tanishamiz.
Fransuz uslubida qurilgan mehmonxona yuqori segmentdagi mijozlar uchun mo‘ljallangan. Shunday bo‘lsa-da, bir jihati bilan o‘z raqobatchilaridan alohida ajralib turadi: Lumiere'da alkogolli ichimliklar yo‘q.
Ko‘rsatuv uchun otelda mehmon bo‘lgan jurnalist Bobur Akmalov potensial mijozlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan barcha jihatlar – avtoturargohdan to lokatsiya, narxlar, xonalar, oshxona va boshqa ko‘plab alohida sharoitlargacha batafsil hikoya qiladi.
Lumiere asoschisi Ikromjon Mamasaidov bilan samimiy suhbat ham alohida e'tiborga molik. Biznesmen o‘zi ochgan mehmonxona va umuman premium-klassdagi otel biznesi haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, bunday turdagi mehmonxona biznesini yo‘lga qo‘yish uchun 5–10 mln dollar atrofida mablag‘ga ega bo‘lish lozim.
Ko‘rsatuvni Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasida yoki yuqoridagi video orqali tomosha qiling.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:10 / 15.12.2025
Toshkentda yashovchi shaxs uyini ta’mirlash chog‘ida granata va boshqa qurollarni topib oldi
14:26 / 15.12.2025
Toshkentda chiqindilarni qayta ishlovchi yangi zavod quriladi
11:58 / 15.12.2025
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi
23:01 / 13.12.2025