Jahon | 19:37 / 05.08.2021
6173
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy yadroviy raketalarga mo‘ljallangan yuzlab shaxtalar qurmoqda – OAV

Yadro qurollari bo‘yicha ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Shinjondagi cho‘l hududlarida raketa shaxtalari qurishga mo‘ljallangan 800 kvadrat kilometrli maydon aniqlangan. 

Foto: Reuters

Xitoy qit'alararo yadroviy raketalar uchun 200dan ortiq shaxta qurmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu hozirda Xitoyda mavjud shaxtalardan 10 marta ko‘proqni tashkil etadi.

Yadro qurollari bo‘yicha ekspertlar Mett Korda va Hans Kristensenning so‘zlariga ko‘ra, Shinjondagi cho‘l hududlarida raketa shaxtalari qurishga mo‘ljallangan 800 kvadrat kilometrli maydon aniqlangan. 

Ta'kidlanishicha, yadroviy kallaklar sonining bunday tarzda oshirilishi Xitoyga qit'alararo ballistik raketalar soni bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirish imkonini beradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid