O‘zbekiston | 00:49 / 06.08.2021
10263
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda ham kirish imtihonlari boshlandi

6 avgust kuni Andijon shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining asosiy va qo‘shimcha o‘yingohlarida OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi.

Birinchi kungi ertalabki soat 7 va kechki soat 19:00da o‘tkazilgan test sinovlarida 6207 nafar abituriyent qatnashdi.

Abituriyentlar imtihonga ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari tomonidan taqiqlangan buyumlar mavjud emasligi bo‘yicha tekshirilib, zararsizlantirish yo‘lagidan o‘tgach kiritildi.

“Bu yil Andijon viloyatidan oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun 55 ming 555 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Har bir smenada 3330 abituriyent imtihon topshirishi uchun joy hozirlaganmiz.

Ikki smenadagi sinovlar kunning erta tong va kechki paytdagi eng salqin vaqtiga belgilangan. Abituriyentlarni xavfsizlik niqoblari, ichimlik suvi va kepkalarlar bilan ta'minlayapmiz”,– deydi Davlat test markazining Andijondagi vakili Nizomiddin Toshtemirov.

Elmurod Ermatov,
Azizbek Ismoilov

Mavzuga oid