Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Safina Sadullayeva - yengil atletikada porlagan yangi ism
Just jump: Safina Sadullayeva Olimpiya o‘yinlarining medalini qo‘lga kiritish uchun kurashadi.
Tokio – 2020 Yozgi Olimpiya o‘yinlarining yopilishigacha bir necha kun qoldi, biroq O‘zbekiston terma jamoasi hali ham o‘z muxlislarini yengil atletika, erkin kurash, boks va eshkak eshish kabi sport turlarida yuqori natijalar bilan quvontirishga tayyor.
Shubhasiz, yosh yengil atletikachi Safina Sadullayeva O‘zbekiston muxlislari uchun kashfiyot bo‘ldi. Aynan u tunov kuni 1,95 m. balandlikni olib, kvalifikatsiya musobaqalaridan ishonch bilan o‘ta oldi va Yaroslava Maguchix, Nikola Makdermott, Mariya Lasitskene, Yuliya Levchenko kabi atoqli jahon sportchilari bilan bab-baravar finalga chiqdi.
«Balandlikka sakrash» raqiblik eng yuqori bo‘lgan sport turlarining o‘ntasiga kiradi. Bugungi kunda, dunyoning mutlaqo barcha 212 mamlakati Yengil atletika federatsiyalari Xalqaro Assotsiatsiyasining (WA) a'zolari bo‘lib, ular har yili xalqaro sahnaga yosh va iste'dodli sportchilarni taqdim etadi.

Bu orada, Safina Sadullayeva bilan bog‘liq holatning o‘ziga xosligi shundaki, u sportdagi o‘zining butun karerasi davomida katta sportga hali yo‘lini bosib o‘tgani yo‘q. Faoliyatini iste'dodli yunior sifatida boshlab (Doha shahrida (Qatar, 2015 y.) U18 yosh toifasidagi yigit va qizlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida oltin medal; Ashxobodda (Turkmaniston, 2017 y.) yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida kumush medal, Gusman Kosanov va Olga Rypakova nomidagi xalqaro turnirlarning g‘olibi), Safina Osiyo o‘yinlarining doirasidan chiqqani yo‘q, buning ustiga o‘zini oilasiga bag‘ishlash maqsadida bir yilga tanaffus ham oldi va yosh ona bo‘ldi.
Uning bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlaridagi birinchi ishtiroki sportchining karerasidagi yuqori pog‘onaga chiqish bo‘ldi va bunga O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi ham juda katta hissa qo‘shdi.
Safinaning irodali fe'l-atvori, qat'iy intizomi va Federatsiya tomonidan faol tarzda qo‘llab-quvvatlanishi unga qisqa muddat ichida jismoniy formaga kelish va amaldagi sportchilar – yengil atletikachilarning qatoriga qo‘shilish imkoniyatini berdi. Rahbariyat tomonidan yosh ona uchun maksimal darajada qulay sharoitni yaratish haqida qaror qabul qilindi. Safina sportchi sifatida, onalik ta'tilidan chiqqanidan so‘ng o‘z salohiyatini yo‘qotmasligi va o‘zining qiziga mehr-e'tiborini ulasha olishi uchun, Federatsiya sport yig‘ilishlari va Safinaning uzoq mashg‘ulotlari mobaynida, kichkintoy uchun to‘laqonli parvarishni ta'minlagan holda, bolaga hamrohlik qilish imkoniyatini nazarga oldi.

Natijada sportchining, trenerning va Federatsiya rahbariyatining birgalikdagi harakatlari zoye ketmadi. Bu yilning may oyida Toshkentda Safina 1, 96 m. ko‘rsatkichli lisenzion normativni bajarib, Tokiodagi Yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Hamkasblarning ta'kidlashicha, yosh yengil atletikachi sportchi uchun muhim bo‘lgan bir jihat bor – bu salbiy tajribani qabul qilish ustida ishlash va o‘zining professional xatolarini aniqlik bilan ko‘ra olish qobiliyati. Safinaning o‘zi intervyularning birida aytib o‘tganidek, Eronda (2018 y.) yopiq binolardagi Osiyo Chempionatida ishtirok etgan paytida ob-havo sharoitlari tufayli Tehronga uchish kechiktirildi va yosh sportchi aeroportdan to‘g‘ri musobaqaga borib qatnashishiga to‘g‘ri keldi. Boshidan kechirgan hayajon sababli Sadullayeva 4-o‘rinni egallaydi, lekin o‘zining jismoniy tayyorgarligi bilan g‘alaba qozonishga ham imkoni bor edi. Ushbu saboqni o‘zlashtirgan Safina shuni ta'kidlaydiki, sportchiga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar har qanday paytda vujudga kelishi mumkin va ularni yengib o‘tishni bilish kerak.
Toshkentdan onlayn rejimda Olimpiadada o‘zining tarbiyachisi O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan treneri va yengil atletika yulduzlarining ustozi — Olim Ahmadjonov qo‘llab-quvvatlaydi. Kvalifikatsiya musobaqalari kuni ham Olim Ochilovich Safina bilan aloqada bo‘ldi va uning chiqishi bo‘yicha o‘zining izohlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tokiodagi XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari vaqti-vaqti bilan barcha sportchilarni eng kutilmagan vaziyatlarga duch keltirmoqda: ehtimol diskvalifikatsiya qilinish xatari bilan muntazam tarzda COVID-19ga test topshirishdan, qo‘llab-quvvatlash jamoasidagi insonlar sonini qat'iy cheklashdan boshlab, musobaqalar o‘tkazilishi mobaynida bo‘sh tribunalargacha. Bunga faqat eng matonatli sportchilar bardosh bermoqda. Ularning orasida bizning yurtdoshimiz — Safina Sadullayeva ham bor.
7 avgust kuni ayollar orasida balandlikka sakrash bo‘yicha medallar to‘plami o‘ynalib, unda Safina Sadullayeva ishtirok etadi. Bizga qo‘shiling va sportchimizni qo‘llab-quvvatlang!
Sayt: uzathletics.uz/news/news_post/iz-istorii-safina-sadullaevoj
Mavzuga oid
13:23 / 22.04.2025
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi
18:07 / 06.12.2024
World Athletics O‘zbekistonni kuzatuv ro‘yxatidan chiqardi
14:40 / 02.12.2024
Yaroslava Maguchix 2024 yilda dunyoning eng yaxshi yengil atletikachisi bo‘ldi
08:46 / 04.08.2024