Sport | 20:35 / 09.08.2021
27556
11 daqiqa o‘qiladi

G‘alaba va mag‘lubiyatlar. Tokio Olimpiadasining eng yodda qolarli suratlari

8 avgust kuni Tokioda Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Koronavirus pandemiyasi tufayli sportchilar va muxlislar Olimpiadani bir yil kutishdi, lekin Tokio-2020da (rasmiy nomi) tomoshabinlar va Tokio aholisi ko‘plab cheklovlarga ko‘nishiga to‘g‘ri keldi. Bu Olimpiada arafasida tashkiliy qo‘mitaning to‘rt vakili o‘z intervyularida ehtiyotsizlik qilishi chetlatilishi bilan bog‘liq mojarolar bo‘lib o‘tdi. Ammo o‘yinlar vaqtida baribir eng asosiysi sport bo‘lib qoldi: g‘alabalar va mag‘lubiyatlar, to‘siqlarni yengib o‘tish, atletlarning aql bovar qilmas yutuqlari hamda jamoaviy ruh.

Quyida Tokio Olimpiadasining eng yorqin suratlari jamlandi.

Clive Mason / Getty Images

 Britaniyalik yaxtachilar Saskiya Tidi va Sharlott Dobson 49er FX klassidagi poygalarda qatnashishmoqda. Musobaqa Fudziyama tog‘i fonida bo‘lib o‘tdi. Braziliyalik Martin Grael va Kaxena Kunse Olimpiya chempionlari bo‘lishdi.

Alex Brandon / AP / Scanpix / LETA

24 yoshli Vitalina Batsarashkina Tokioda ikki oltin va kumush oldi. Yaponiyadan qaytgan sportchini Omskda rus xalq qo‘shig‘i — «Vedmak» qo‘shig‘i bilan kutib olishdi.

Antonin Thuiller / AFP / Scanpix / LETA

Sport gimnastikasida AQSh yetakchisi, to‘rt karra Olimpiya chempioni bo‘lgan Simona Bayls ilk muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin jamoaviy ko‘pkurash bo‘yicha final vaqtida chiqish qilishdan bosh tortdi. U buni ruhiy holati yomonligi bilan izohladi. Sportchi shaxsiy ko‘pkurashda, brusda mashq qilish va tayanib sakrash mashqlarida ham chiqish qilishni istamadi. Ammo baribir xodada qilinadigan mashqlar bo‘yicha musobaqada qaytdi. Zal Baylsning qaytishini tik turgan holda olqishladi. Sportchi bronza medal oldi.

Kevin C. Cox / Getty Images

Bolgariyalik Antoaneta Kostadinova 10 metr masofada pnevmotik to‘pponchadan o‘q otishda ikkinchi o‘rinni egalladi. U final sessiyasi arafasida rossiyalik Vitalina Batsarashkinadan oldinda bo‘lgan bo‘lsa-da, yakunda unga yutqazdi. Batsarashkina rossiyalik sportchilarning Tokiodagi ilk oltin medaliga ega chiqdi. 

Thibault Camus / AP / Scanpix / LETA 

Niderlandiyalik Mate Van der Pul mauntinbaykdagi favoritlardan biri edi. Ammo u Olimpiadada muvaffaqiyatsizlikka uchradi va sovrindorlar qatoridan joy ololmadi. Sportning bu turida britaniyalik Tomas Pidkok chempion bo‘ldi.

Dylan Martinez / Reuters / Scanpix / LETA 

Rossiyalik gimnastikachilar 1996 yildan buyon ilk marta jamoaviy ko‘pkurashda olimpiya oltinini qo‘lga kiritishdi. Suratda Artur Dalaloyan, David Belyavskiy, Nikita Nagorniy va Denis Ablyazin g‘alabani nishonlashmoqda. Ablyazin Tokioda tayanib sakrashda kumush medal oldi, Nagorniy esa ikki bronzaga ega chiqdi — shaxsiy ko‘pkurash va to‘sindagi mashqlarda.

Patrick Smith / Getty Images

Sablistlar Aron Siladi (Vengriya) va Luidji Samele (Italiya) jamoaviy bahslar yarimfinalida. Siladi va Samele shaxsiy birinchilik bo‘yicha finalda ham to‘qnash kelishgan, vengriyalik sportchi uch karra olimpiya chempioniga aylangan. Jamoaviy bahslarda esa Janubiy Koreya vakillari g‘olib chiqishdi, italyanlar kumush bilan kifoyalandi, vengrlarga — bronza. 

Olivier Morin / AFP / Scanpix / LETA

Tokio Olimpiadasida ilk bor syorfing bo‘yicha ham medallar shodasi o‘ynaldi. Suratda braziliyalik Gabriel Medina uchinchi o‘rin uchun bahs vaqtida. Medina bronzani avstraliyalik Ouen Raytga boy berdi. Syorfing bo‘yicha ilk olimpiya chempioni braziliyalik boshqa bir sportchi Italo Ferreyra bo‘ldi. 

Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA

3000 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda marokashlik Sofiyan al-Bakkaali g‘olib chiqdi. 

Sergio Perez / Reuters / Scanpix / LETA

Yaponiyalik Hisayosi Harasava va chexiyalik Lukash Krpalek dzyudo bo‘yicha +100 kg vazn toifasidagi yarimfinal bahsida. Krpalek finalga chiqib, gruziyalik Guram Tushishvilini ham mag‘lub etgan holda olimpiya chempioniga aylandi. Bronza rossiyalik Tamerlan Bashayevga nasib etdi. 

Foto Getty Images

Boks bo‘yicha -91 kg vazn toifasi vakillari Murod Aliyev (Fransiya) va Freyzer Klark (Buyuk Britaniya) o‘rtasida o‘tkazilgan chorakfinalda referi fransiyalik bokschi bosh bilan zarbalar berib raqibni jarohatladi deb topib, uni ogohlantirdi, bokschi bundan noroziligini nomaqbul harakatlari bilan ifodaladi, yakunda u diskvalifikatsiya qilindi. Aliyev esa noroziligini ifodalash uchun yarimsoatdan ko‘proq vaqt davomida ringda o‘tirdi.
 

Ryan Pierse / Getty Images

100 metr masofaga yugurish — Olimpiadadagi eng tomoshabop yo‘nalishlardan biridir. Rio 2016 va afsonaviy Useyn Boltni eslash kifoya. Tokioda esa erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish haqiqiy shouga aylandi. Italiyalik Marsel Jyeykobs Olimpiya chempioni bo‘ldi. Jyeykobs qariyb 20 yil ichida ushbu masofada oltin olgan ilk Yevropa vakili bo‘ldi (tarixda esa birinchi italiyalik).

Joe Giddens / PA Images / Scanpix / LETA

 Britaniyalik Tom Deyli Tokioda 10 metr balandlikdan suvga sinxron sakrash bo‘yicha oltin medal oldi. Shuningdek, tribunada o‘tirgan holda o‘z iti uchun jyemper to‘qishi bilan yodda qoldi.

Dylan Martinez / Reuters / Scanpix / LETA 

Balandlikka sakrash musobaqasida kumush medal berilmadi, lekin ikki sportchi olimpiya chempionlari deb tan olindi. Qatarlik Mutaz Barshim va italiyalik Janmarko Tamberi bir xildagi urinishlardan foydalangan holda 2,37 metrlik ko‘rsatkichni qayd etishdi. Bronza medali belarus Maksim Nedosekovga berildi, u ham 2,37 metrlik nuqtadan o‘tgandi, ammo u ko‘proq urinishdan foydalandi.

Hannah Mckay / Reuters / Scanpix / LETA

400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha musobaqa yarimfinali yomg‘ir ostida kechdi. Finalda ob-havo biroz yaxshilandi. Amerikalik Sidni Maklaflin jahon rekordini (51,46 soniya) o‘rnatgan holda olimpiya chempioni bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov (-52 kg) filippinlik Karlo Palamga qarshi jangni yakunlay olmadi. Ikkinchi raundda bokschilarning boshlari to‘qnashib, uning qoshi yorilgach, referi jangni to‘xtatdi, hakamlar bahsning shu vaqtgacha yig‘ilgan ochkolar bo‘yicha g‘alabani filippinlik sportchiga berishdi.

Joe Giddens / EPA / Scanpix / LETA 

Avstraliyalik suzuvchi Emma Makkeon Olimpiada rekordini o‘rnatdi. U Tokioda to‘rt oltin va uch bronza medal qo‘lga kiritdi.

Matthias Hangst / Getty Images

 

Amerikalik Tara Devis uzunlikka sakrash bo‘yicha bahslarda chempionlikka asosiy da'vogarlardan edi. Devis finalga chiqdi, ammo medalsiz qoldi. Olimpiya chempionligi germaniyalik Malayka Mixamboga nasib etdi.

Foto Reuters 

Kubalik Mixain Lopes Nunes 39 yoshga to‘lishiga ikki hafta qolganida to‘rtinchi marta olimpiada o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashi afsonasi 130 kg vazn toifasida gruziyalik raqibini mag‘lub etdi va 4 karra olimpiada chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi. Bungacha u Pekin, London va Rio olimpiadalarida ham oltin medalni o‘ziniki qilgandi.

Ryan Pierse / Getty Images

AQSh vakili Reychel Makkoy balandlikka sakrash bo‘yicha saralash bosqichida. Bu yo‘nalishda oltin medalni rossiyalik Mariya Lasitskene o‘ziniki qildi.

Foto: Patrick Smith/Getty Images

Yaponiya vakili Funa Nakayama skeytbording bo‘yicha bahslar vaqtida. U bronza medal bilan kifoyalandi, oltin yaponiyalik boshqa bir sportchi Momidzi Nisiyaga tegdi.

David J. Phillip / AP / Scanpix / LETA 

Yamaykalik Xansl Parchment 110 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha finalda g‘olib bo‘ldi. Bu yo‘nalish favoritlaridan biri, jahon chempioni (2015) va ikki karra Yevropa chempioni (2012, 2014 yillar) rossiyalik Sergey Shubenkov sog‘ligidagi muammo tufayli chiqish qila olmadi.

Christian Bruna / EPA / Scanpix / LETA

Gandbol bo‘yicha Rossiya ayollar jamoasi finalda Fransiyaga 25:30 hisobida yutqazib, kumush medal bilan kifoyalandi. Darvozabon Anna Sedoykina (chapda) bu o‘yin unga juda qiyin kechganini tan oldi: «Albatta, kumushdan xafa bo‘lmaslik kerak, har qanday medal qadrli. Bugun kuchimiz yetmadi. Norveglarga qarshi o‘yinda ko‘p kuch sarflaganimiz baribir bilindi. Bugun juda og‘ir o‘yin bo‘ldi».

Nazvaniye

Niderlandiyalik atlet Sifan Hasan 1500 metrga yugurish bo‘yicha saralash bosqichida raqiblaridan birining oyog‘iga chalinib, yiqilib tushdi. Ammo u o‘zini yo‘qotmadi va darhol o‘rnidan turib, yugurishda davom etdi. Yakunda marraga birinchi bo‘lib yetib bordi. Sifan Tokio olimpiadasida 1500 metrga yugurishda bronza, 5 ming va 10 ming metr masofaga yugurish bahslarida oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

Foto: picture alliance/TASS

 Tailandlik chavandoz Arinadt Chavatanont otidan yiqilib tushdi.

Matthew Childs / Reuters / Scanpix / LETA

Izu velodromida 8 avgust kungi holat: misrlik poygachi Ebtissam Zaid Ahmad italiyalik Eliza Balzamo ustidan o‘tib ketmoqda, uning yonida polshalik Darya Pikulik.

Foto: HARRY HOW/GETTY IMAGES

Karate bo‘yicha final bahsida eronlik Sajad Ganjazoda saudiya arabistonilik Tariq Hamedining zarbasidan keyin hushini yo‘qotdi. Bu vaqtgacha Saudiya vakili yaqqol ustunlik qilayotgan va uning g‘alabasiga shubha qolmagandi. Ammo hakamlar u raqibning bo‘yin qismiga taqiqlangan zarba bergan deb topishdi va uni chetlatishdi, natijada eronlik sportchi behush holatida olimpiya chempioniga aylandi. 

Boksning superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov barcha janglarini o‘ziga xos tarzda boshladi. U Olimpiadaning so‘nggi kunida o‘tkazilgan finalda amerikalik Richard Torresni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid