Jahon | 18:42 / 09.08.2021
4116
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung vitse-raisi qamoqdan muddatidan avval ozodlikka chiqariladi

Adliya vazirligi "COVID-19 pandemiyasi sababli mamlakatda vujudga kelgan iqtisodiy vaziyat"ni uning muddatidan avval ozod qilinishiga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida ko‘rsatgan.

Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xega pora berishda ayblanib qamalgan Samsung Electronics vitse-raisi Li Je Yon muddatidan avval ozodlikka chiqadi.

U mamlakat adliya vazirligi muddatidan avval ozod etishga tavsiya qilgan mahbuslar ro‘yxatidan o‘rin oldi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Li Je Yon juma kuni ozodlikka chiqishi kutilmoqda. 

Adliya vazirligi "COVID-19 pandemiyasi sababli mamlakatda vujudga kelgan iqtisodiy vaziyat"ni uning muddatidan avval ozod qilinishiga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida ko‘rsatgan.

Yanvarda sud Li Je Yonni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. O‘sha oyda Janubiy Koreya oliy sudi Pak Kin Xeni 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqargandi.

Samsung asoschisining nabirasi Li Je Yon 2017 yilda mablag‘larni talon-toroj qilish, pora berish va yolg‘on ko‘rsatma berishda ayblanib besh yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid